Xitoy → Oʻzbekiston · yigʻma yuk, avia, temir yoʻl

Xitoydan Toshkentga kargo. Har kilo, har kun — hisobda.

Ivu omboridan Xorgos orqali Toshkentgacha: yigʻma yuk taxminan 15–25 kun, avia 5–10 kun. Xitoyda uchta qabul manzili — Ivu, Guanchjou va Qashqar. Qabul va tekshiruv, foto-hisobot, Toshkentda bojxona rasmiylashtiruvi — bitta shartnoma, bitta menejer. 2018-yildan beri Xitoy bilan ishlaymiz.

+998 95 018 33 33 Du–Sha 9:00–19:00

  1. Ivu 义乌
  2. Sian
  3. Lanchjou
  4. Urumchi
  5. Xorgos bojxona
  6. Olmaota
  7. Shimkent
  8. Toshkent 41.32° N 69.25° E

5 000+km 15–25kun

  • 15–25kun

    Yigʻma yuk (avto), Xitoy omboridan joʻnatilgach, taxminan

  • 5–10kun

    Avia kargo, taxminan

  • 3

    Qabul manzili Xitoyda, 1 ofis Toshkentda · har qabulda foto-hisobot

  • 2018-yildan

    Shu yildan beri Xitoy bilan ishlaymiz · menejerlar oʻzbek, rus, xitoy tilida

Ivu · 义乌 Sian Lanchjou Urumchi Xorgos · bojxona Olmaota Shimkent Toshkent Guanchjou muqobil yoʻl

Yoʻl

Xitoydan eshigingizgacha.

Har bosqich — koʻz oʻngingizda.

  1. 01

    Ivu ombori

    Har bir joyni tortamiz, oʻlchaymiz, raqamlaymiz. Foto-hisobot Telegramga keladi.

    Qabul · oʻlchov · foto-hisobot

  2. 02

    Yuklash

    Yukingiz fura yoki konteynerda joy oladi. Butun konteyner shart emas — faqat oʻz joyingiz uchun toʻlaysiz.

    Joy raqami · yuklash sanasi

  3. 03

    Yoʻlda

    Urumchi orqali Xorgosgacha, soʻng Qozogʻiston boʻylab. Yoʻnalishni siz tanlaysiz.

    5 000+km

    Ivu → Toshkent, Xorgos orqali · avto, taxminan 15–25 kun

  4. 04

    Xorgos. Chegara va bojxona

    Invoys, qadoqlash roʻyxati va TN VED kodi oldindan tayyor. Bojxona rasmiylashtiruvi — bizning zimmamizda.

    Deklaratsiya · boj va QQS hisobi · GTD

  5. 05

    Toshkent ombori

    Yuk omborga tushdi — menejer xabar beradi. Oʻzingiz olib ketasiz yoki viloyatga joʻnatamiz.

    Toshkent · olib ketish yoki viloyatga joʻnatish

Muddatlar taxminiy, yuk Ivu omboridan joʻnatilgandan keyin hisoblanadi. Xitoydagi qabul manzillari: Ivu, Guanchjou va Qashqar. Yangilangan: 2026-yil 8-sentabr.

02 — Xizmatlar

Asosiy ishimiz — Xitoydan yigʻma yuk.

Oyiga 10+ fura Xitoydan Toshkentga. Qolgan hamma ish shu yukning atrofida: tovar topish, xarid, bojxona.

Asosiy xizmat

Avto kargo (yigʻma yuk)

Xitoydan Toshkentga yigʻma yuk — m³ hisobida, stavka zichlikka qarab.

15–25 kun · 110 $/m³ dan

Xitoyda qutilar yuklagich bilan furaga ortilmoqda
Batafsil

Shoshilinch yoki juda katta yuk uchun

Yigʻma fura mos kelmasa — Xitoydan Toshkentga yana ikkita yoʻl bor.

Qaysi yoʻnalish sizga mos?

  • 15–25kun

    Avto kargo (yigʻma yuk)

    ogʻir va hajmli yuk

  • 5–10kun

    Avia kargo

    shoshilinch, qimmat, yengil

  • 20–35kun

    Temir yoʻl va konteyner

    konteyner, 20ft/40ft

Muddatlar va narxlar taxminiy, yuk Xitoy omboridan joʻnatilgandan keyin hisoblanadi · Yangilangan: 2026-yil 8-sentabr

Shaffoflik

Har bir qutingizda oʻz QR kodi bor

Xitoydagi qabul punktida yukingizni suratga olamiz, sanaymiz, oʻlchaymiz va har bir qutiga QR kod yopishtiramiz. Undan keyingi har bir bosqichda ombor xodimlari shu kodni skanerlaydi — siz esa botda har bir qutingiz qayerdaligini koʻrasiz. Kechasi soat uchda ham.

Ivudagi qabul punktida qutiga GS kodli QR stiker yopishtirilmoqda; qutida uning oʻlchami va vazni yozilgan.
QR quti ustida qoladi: yoʻldagi har bir yuklash va tushirishda aynan shu kod skanerlanadi.
  1. Qabulda — har bir qutiga QR

    Yuk Xitoydagi qabul punktiga kelganda uni suratga olamiz, sanaymiz va oʻlchaymiz, tizimga kiritamiz — soʻng har bir qutiga QR kod yopishtiramiz.

  2. Har bir bosqichda — skanerlanadi

    Ombor xodimlari yukni tushirganda va yuklaganda QR kodni skanerlaydi. Skanerlash — bizning ishimiz, sizdan hech narsa talab qilinmaydi.

  3. Botda — har bir qutingiz alohida

    Telegram botda oʻz kabinetingiz bor: har bir qutingiz qaysi bosqichda ekanini alohida koʻrasiz. Sutkaning istalgan vaqtida, hech kimdan soʻramasdan.

Kim bilan ishlaymiz

Kimlar bizga yuk topshiradi.

Hajmi muhim emas — bir necha qutidan konteynergacha. Minimal hisob hajmi 0,1 m³, yuqori chegara yoʻq.

  • Doʻkonlar va onlayn savdo

    Siz 1688 yoki Taobaoda tanlaysiz — xarid, qabul va yetkazish bizda.

  • Importchilar

    Har oy muntazam partiyalar: qabul, tortish, oʻlchash va bojxona — bitta joyda.

  • Ishlab chiqaruvchilar

    Dastgoh va ishlab chiqarish liniyalari — zavodini topishdan oʻrnatishgacha.

  • Distribyutorlar va ulgurji savdo

    Katta partiyalar: butun konteyner (FCL) yoki furadagi ulush (LCL).

Va Xitoydan tovar olib kelayotgan har qanday tadbirkor.

03 — Nima olasiz

Qoʻlingizda qoladigan narsalar.

Har bosqichda sizga hujjat, kod yoki surat qoladi. Roʻyxat — vaqt tartibida.

  1. Boshida

    Shartnoma va hisob-faktura

    Narx, muddat va javobgarlik — qogʻozda. Toʻlov hisob-faktura boʻyicha, yakunda — bajarilgan ish dalolatnomasi.

  2. Shartnomadan keyin

    Xitoydagi qabul manzili va GS kodi

    Menejer Xitoydagi uchta qabul manzilidan qaysi biriga joʻnatishni aytadi. Yetkazib beruvchingiz GS kodini (markirovkani) joʻnatishdan oldin har bir qutiga yozadi — yukingiz boshqaniki bilan aralashmaydi.

  3. Qabul punktida

    Foto-hisobot

    Qabulda, oʻlchovda va yuklashda. Vazn, hajm va joy raqami surat bilan birga Telegramga keladi.

  4. Yoʻlda

    Botda oʻz kabinetingiz

    Har bir qutingiz botda alohida koʻrinadi: oltita bosqichning qaysi birida ekani — sutkaning istalgan vaqtida.

    Kuzatuv sahifasi
  5. Toshkentda

    Toshkent omborida qabul yoki uygacha yetkazish

    Yuk kelgach menejer xabar beradi. Oʻzingiz olib ketasiz yoki manzilingizga, viloyatga joʻnatamiz.

    Yetkazish shartlari

Kompaniya haqida

GSR — 2018-yildan beri
8+yil
Jamoaning yuk tashish sohasidagi tajribasi
15yil
Mijozlar
400+

Jarayondan suratlar

Ivudagi qabul punkti: GSR Logistics banneri ostida poddonlarga terilgan yuklar
Ivudagi qabul punkti. Yuk shu yerda suratga olinadi, sanaladi, oʻlchanadi va har bir qutiga QR yopishtiriladi.
Yogʻoch panjaraga olingan moʻrt yuk poddonlarda
Moʻrt yuk yogʻoch panjarada, poddonda — yoʻlda ezilmasligi uchun.
Fura ichida strech-plyonkaga oʻralgan poddonlardagi yuk
Fura ichida: yuk poddonlarda, strech-plyonkaga oʻralgan. Foshan, 2026-yil 21-sentabr.

04 — Jarayon

Besh qadam. Birinchisi — bir xabar.

Soʻrovdan yukni qabul qilishgacha — bitta menejer va bitta shartnoma. Har qadamda nima boʻlishini oldindan bilasiz.

  1. Qadam 01

    Soʻrov qoldirasiz

    Telegramda yoki telefon orqali. Yuk turi, taxminiy vazn va shahar — boshlash uchun shu kifoya.

  2. Qadam 02

    Buyurtmani muhokama qilamiz

    Transport turi, hujjatlar, qadoqlash va narx qoidasi — kg yoki m³. Savollaringizga menejer javob beradi.

  3. Qadam 03

    Hujjatlar — va ish boshlanadi

    Shartnoma, GS kod (markirovka) va menejer aytgan qabul manzili: Ivu, Guanchjou yoki Qashqar. Yetkazib beruvchingiz joʻnatishdan oldin kodni har bir qutiga yozadi.

  4. Qadam 04

    Menejer yoʻlda hamroh

    Yuk qayerdaligi va foto-hisobot Telegramga keladi: qabul, yuklash, chegara, Toshkent.

  5. Qadam 05

    Yukni qabul qilasiz

    Toshkentda oʻzingiz olib ketasiz yoki viloyatingizga joʻnatamiz. Hisob-faktura — qoʻlingizda.

Bitta quti — oltita bosqich.

Bosqichni tanlang: qutingizga nima boʻlishini koʻrasiz.

  1. Xitoyda qabul

    Qutilaringiz qabul manziliga keladi: tortiladi, oʻlchanadi, suratga olinadi.

    • Ivu · Guanchjou · Qashqar
    • kg va m³
    • foto-hisobot
  2. Konsolidatsiya

    Qutingiz boshqa mijozlar yuki bilan bitta furaga joylanadi.

    • butun fura shart emas
    • 110 $/m³ dan
  3. Yoʻlda

    Fura yoʻlga chiqadi. Turini siz tanlaysiz: avto, avia yoki temir yoʻl.

    • avto 15–25 kun
    • avia 5–10
    • temir yoʻl 20–35
  4. Bojxona

    Ikki chegara: Xorgos, keyin Yallama yoki Gʻishtkoʻprik.

    • Xorgos — Xitoy/Qozogʻiston
    • deklaratsiya, boj, QQS
  5. Toshkentda

    Quti Toshkent omboriga tushadi — menejer sizga xabar beradi.

    • Toshkent ombori
    • bojxona rasmiylashtiruvi bizda
  6. Yetkazildi

    Qutini oʻzingiz olasiz yoki viloyatingizga joʻnatamiz.

    • olib ketish
    • viloyatga joʻnatish
    • hisob-faktura

Har bir qutida — sizning GS kodingiz.

GS kodi bilan kuzatish

Birinchi xabar hech narsaga majbur qilmaydi: yuk, shahar va muddatni aytasiz — narx va yoʻnalishni taklif qilamiz.

05 — Narxlar

Narx oldindan maʼlum.

  • Avto kargo — m³ boʻyicha: zichlik (vazn ÷ hajm) 1 m³ narxini tanlaydi; 1 000 kg/m³ va undan zich yuk kg boʻyicha.
  • Avia — kg boʻyicha: hajmiy vazn = uzunlik × en × balandlik (sm) ÷ 5 000, haqiqiy vazn bilan solishtiriladi.
  • Narxga ombor qabuli, oʻlchash va foto-hisobot kiradi; sugʻurta va bojxona toʻlovlari — alohida.

Masalan: 48 kg, 0,2 m³ → 240 kg/m³ → 0,2 × 180 $ = 36 $.

Barcha tariflar

Narxni hisoblang

Vazn va oʻlchamni kiriting — qoida, tarif va taxminiy summa darhol koʻrinadi.

Yoʻnalish

Haqiqiy vazn, kg

Hajm

Avto kargo uchun majburiy, avia uchun ixtiyoriy.

Batareyali va suyuq tovarlar faqat avto bilan yuriladi.

Taxminiy narx

Jonli hisob uchun brauzerda JavaScript kerak. Tariflar jadvali va qoidalar narxlar sahifasida — hisobni shu yerdan qilishingiz mumkin.

Avto kargo (yigʻma yuk)
110 $/m³ dan
Avia kargo
9 $/kg dan
Zich yuk
0,55 $/kg
Tariflar jadvaliga oʻtish

Vaznni kiriting — narx shu yerda chiqadi.

Avto kargo (yigʻma yuk)
110 $/m³ dan
Avia kargo
9 $/kg dan
Zich yuk
0,55 $/kg

Taxminiy narx · Yangilangan: 2026-yil 8-sentabr · Hisob-kitob kursi: 1 $ = 11 800 soʻm (taxminiy).

Yakuniy narx Xitoy omborida tortib-oʻlchangandan keyin tasdiqlanadi.

Barcha tariflar

06 — Kuzatuv

Yukingiz hozir qayerda?

Botni oching — har bir qutingiz qaysi bosqichda ekanini koʻrasiz. GS kodi boʻyicha soʻrovni shu yerdan ham yuborasiz.

07 — Savol-javob

Birinchi marta olib kelyapsizmi?

Yoki yuzinchi — javoblar bir xil aniq.

Kargo narxi qanday hisoblanadi — kg yoki m³?

Avto kargo (yigʻma yuk, карго) kub metr boʻyicha hisoblanadi: yukning zichligi — umumiy ogʻirlik (kg) ÷ umumiy hajm (m³) — bir m³ narxini tanlaydi. 100 kg/m³ gacha 110 $/m³, 150 kg/m³ gacha 130 $/m³, 200 kg/m³ gacha 160 $/m³, 250 kg/m³ gacha 180 $/m³ — jadval shu tartibda koʻtarilib, 701 kg/m³ dan boshlab 320 $/m³ ga yetadi; zichlik 1 000 kg/m³ ga yetsa (metall, plitka kabi), hisob kilogrammga oʻtadi — 0,55 $/kg. Masalan, 48 kg yuk 0,2 m³ joyni egallasa, zichlik 240 kg/m³, tarif 180 $/m³, jami 36 $. Avia kargo esa kilogramm boʻyicha: haqiqiy va hajmiy vazndan (uzunlik × en × balandlik (sm) ÷ 5 000) kattasi olinadi, 9 $/kg dan. Minimal hisob hajmi 0,1 m³; narxlar taxminiy — aniq summani kalkulyatorda hisoblang, menejer Telegramda tasdiqlaydi.

Xitoydan Toshkentga yuk necha kunda keladi?

Yigʻma yuk — bozorda «avto kargo», «kitay kargo» yoki «хитой карго» deb ham qidiriladi — taxminan 15–25 kun, avia kargo 5–10 kun, temir yoʻl konteyneri 20–35 kun. Muddat yuk Ivu omboridan joʻnatilgandan keyin hisoblanadi; tez partiyalar 13–18 kunda kelgan. Xitoy Yangi yili (yanvar–fevral), «Oltin hafta» (oktabr boshi) va 11.11 mavsumida yana 1–2 hafta qoʻshib hisoblang.

Bojxonada nima boʻladi va kim toʻlaydi?

Tijorat yuki rasmiy bojxona rasmiylashtiruvidan (растаможка) oʻtadi: deklaratsiya (GTD), TN VED kodi boʻyicha boj va 12% QQS. Boj va QQS qonun boʻyicha toʻlanadi — biz uni tovar kodi va qiymati boʻyicha oldindan hisoblab beramiz, «boj yoʻq» degan vaʼdani bermaymiz. Rasmiylashtiruv shartnomada kelishilgan tarzda oʻtadi: bizning hujjatlarimiz bilan yoki sizning firmangiz nomidan. Boj stavkalari PQ-3818 qaroriga (2026-yil fevraldagi PQ-58 tahriri) asosan: kiyim 20%, poyabzal 20% (kamida 3 $/juft), telefon 5%, kompyuter 0%, mebel 15%, oʻyinchoq 10%.

Xitoy tilini bilishim shartmi?

Yoʻq. Menejerlarimiz oʻzbek, rus va xitoy tillarida gaplashadi; yetkazib beruvchi bilan muzokara, narx kelishuvi va daʼvolarni biz olib boramiz. Siz tovar havolasini (1688, Taobao, Alibaba) yoki namunaning rasmini yuborasiz — qolgani bizning ishimiz. Xitoyga borish ham shart emas: namuna va zavod tekshiruvini Ivudagi xodimlarimiz qiladi.

Yetkazib beruvchi aldamasligiga qanday ishonaman?

Toʻlovdan oldin sotuvchining biznes litsenziyasi, 1688-dagi reytingi va ish yillari tekshiriladi, katta buyurtmadan oldin namuna olinadi. Tovar toʻgʻridan-toʻgʻri Ivu omboriga (sklad) keladi: u yerda soni va sifati tekshirilib, foto-hisobot yuboriladi — muammo boʻlsa, tovar Toshkentga joʻnatilmasdan turib qaytariladi yoki almashtiriladi. Zavod buyurtmalarida toʻlovni bosqichma-bosqich qilishni taklif qilamiz: masalan, 30% oldindan, 70% tekshiruvdan keyin. 2018-yildan beri Xitoy bilan ishlaymiz va ishonchsiz sotuvchini oldindan aytamiz.

Qaysi tovarlarni olib kelib boʻlmaydi?

Portlovchi va yonuvchi moddalar; oʻsimlik, hayvon va tez buziladigan mahsulotlar; pul, qimmatbaho metall va toshlar, zargarlik va antiqa buyumlar; toʻlov vositalari, qimmatli qogʻozlar va hujjatlar; qonun bilan taqiqlangan barcha narsalar — narkotik, qurol, kontrafakt. Dronlar jismoniy shaxslar uchun taqiqlangan, ratsiya va radiouzatgichlar uchun ruxsatnoma kerak, dori-darmon tijorat maqsadida faqat roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa olib kelinadi. Avia orqali litiy batareya, power bank, suyuqlik, atir va magnit yuborilmaydi — ular faqat avto yoki temir yoʻl bilan ketadi. Shubhangiz boʻlsa, tovar havolasini yuboring — tekshirib javob beramiz.

Barcha savollar

Narxlar taxminiy · Yangilangan: 2026-yil 8-sentabr

08 — Aloqa

Keyingi qadam — bitta xabar.

Yukingiz Xitoyda boʻlsa ham, hali topilmagan boʻlsa ham — yozing: yuk, shahar va muddatni aytasiz, biz narx va yoʻnalishni taklif qilamiz.

Ofis
Toshkent, Shayxontohur tumani, Alisher Navoiy koʻchasi, 27-uy
Xaritada koʻring
Ish vaqti
Du–Sha 9:00–19:00
Telegram Qoʻngʻiroq Narx

Nima boʻyicha yozasiz?

Xabaringiz aynan shu ish bilan shugʻullanadigan menejerga tushadi.

Telegram tayyor xabar bilan ochiladi — yuborishni oʻzingiz bosasiz.